Sayt test rejimida ishlamoqda

Havo yo’llari orqali yuk tashish

Bugungi kunda xalqaro havo transporti, kichik va o‘rta korxonalar uchun ham, yirik kompaniyalar uchun ham jahon bozoriga ochilgan eshikdir, bu esa, mamlakatlar va qit’alar o‘rtasida chegara yo‘qligini bildiradi.

Hozirgi kunda, havo transporti eng qisqa vaqt ichida uzoq masofalarga yetkazilishi kerak bo‘lgan yuklarni jo‘natishning eng yaxshi va samarali yechimi bo‘lib hisoblanadi, havo transportidan tovarlarning kichik partiyalarini jo‘natishda ham foydalanish mumkin.

Ko’pincha, yuklarni tashish uchun havo transportidan foydalanish, judayam kerakli vosita hisoblanadi, masalan, tez buziladigan mahsulotlarni (saqlash muddati cheklangan oziq-ovqat, gullar, hayvonlar, vaktsinalar va dori-darmonlar), mavsumiy tovarlarni (kiyim-kechak, poyabzal), qimmatbaho yuklarni, yuqori texnologiyali, qimmat va shoshilinch kerak bo’lgan uskunalarni yoki shunchaki posilkalarni yetkazib berishda asqotadi.

“Samarqand Airways” aviakompaniyasi xalqaro va mahalliy havo aloqalarida muntazam qatnaydigan reyslar, charter- reyslarda havo yuklarini tashishni tashkil etish uchun, kompleks va logistika yechimlarini taqdim etishda samarali va boy tajribaga ega.

Respublika aeroportlari va aviakompaniyalari bilan to’g’ridan-to’g’ri agentlik aloqalari orqali, biz o’z mijozlarimizga eksport yuklarini tashish uchun, narxi arzon va qulay transport xizmatlarini taklif etamiz, butun dunyo bo’ylab, sinalgan agentlar tarmog’i bizga, sayyoramizning deyarli har qanday burchagidan yuklarni havo orqali maksimal darajada tez, yuqori sifatli darajada yetkazib berishni ta’minlash imkonini beradi.

“Samarqand Airways”ga yukingizni ishonib topshiring va professiona xizmatlarning toʻliq spektridan foydalaning:

  • yuklarni havo orqali tashishda, yukning olib o’tiladigan hajmlarini bron qilgan holda, narxlari va sifati bo’yicha eng maqbul reyslarning optimal yo’lini ishlab chiqish;
  • muntazam reyslar orqali havo yuklarini tashish
  • havo yo’llari orqali charter yuk tashish (shu jumladan, to’liq va qisman charter yuk tashish reyslari);
  • yetib kelish aeroportida yuklarni olish va oxirgi belgilangan manzilda lokal taqsimlash
  • tovarlarni import va eksport qilishda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan qo‘yiladigan talablar bo‘yicha maslahatlar berish xizmatlari;
  • yukni jo’natish uchun zaruriy hujjatlarini tayyorlashda yordam berish;
  • sug’urta qildirishni tashkil etish;
  • marshrut bo’ylab yuklarning harakatlanishini kuzatish.

Jonivorlar va posilkalarni tashish bo’yicha barcha kerakli ma’lumotlarni, Siz “Axborot” bo’limidan topishingiz yoki havola orqali o’tishingiz mumkin.

Agar siz yuk tashishning aniq narxini hisoblamoqchi bo’lsangiz, yukning batafsil tavsifi va yuk haqidagi qo’shimcha ma’lumot bilan, menejerga so’rov yuboring. Buyurtmalar onlayn va telefon orqali qabul qilinadi. Xalqaro avia-tashishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan barcha savollar bo’yicha, kompaniya vakiliga murojaat qiling.

Charter arendasi

Yuk samolyotlarini ijaraga olish yuqori tezlikda yuk tashish uchun qulay yechimdir. Agar yuk og’ir yoki katta bo’lmasa, alohida charter-reyslar vertolyotda ham amalga oshirilishi mumkin.

Havo yo’llari orqali posilkalarni tashish

Hayotda turli vaziyatlar bo’lishi mumkin va ba’zida boshqa shaharga posilka yoki hujjatlarni jo’natish zarurati paydo bo’ladi. Agar masofa qisqa bo’lsa, masalan, mikrorayon haqida gap borsa, xat yoki jo’natmalar tashuvchi yuborilgan narsani etkazib beradi. Ammo, kerakli manzil mamlakatning narigi burchagida bo’lsa-chi? Yoki chet davlatga tovarlarni yetkazib berish kerak bo’lsa, nima qilish kerak? “Samarqand Airways” aviakompaniyasi, bunday holatlarda posilkalaringizni havo kemasi orqali tez va ishonchli yetkazib berish xizmatlarini taklif etadi.

Havo yo’llari orqali jonivorlarni tashish

“Samarqand Airways” jonivorlarni tashish xizmatlarini ham koʻrsatadi. Bizning xizmatlarimizdan foydalanib, siz itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarga hamroh bo’lishingiz shart emas. Bizning o’zimiz barcha tashkiliy masalalar va yetkazib berish bilan shug’ullanamiz.

Olib ketilayotgan hayvonlarning salomatligi bizning ustuvor maqsadimizdir, shu sohada maxsus o’qitilgan va malakali xodimlar hayvonlarni qabul qilish, yuklash va tushirishda eng yaxshi xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Tashkiliy ishlarni bizga ishonib topshiring, vaqtingizni birga uchish yoki aviachiptalarga pul yo’qotishga sarflamang.

Xavfli yuklarni havo yo’llari orqali tashish

Oziq-ovqat ta’mini kuchaytiruvchi vositalar, parfyumeriya, kimyoviy moddalar va elektron jihozlar xavfli tovarlar sifatida tasniflanishi mumkinligini bilasizmi?
Xavfli yuklar – bu sog’liq, xavfsizlik, mulk yoki atrof-muhit uchun xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan va ICAOning Doc 9284 AN/905 (keyingi o’rinlarda – “TK ICAO” deb yuritiladi) “Xavfli yuklarni havo orqali xavfsiz tashish bo’yicha texnik ko’rsatmalar”ida Xavfli yuklar ro’yxatiga kiritilgan yoki ushbu ko’rsatmalarga muvofiq tasniflangan moddalar yoki buyumlar.

Aviatsion palletalar va konteynerlar

Aviatsion palletalar va konteynerlar, havo yo’llari orqali yuklarni tashish uchun ideal darajada to’g’ri keladi. Konteynerlar- havo yo’llarida ishlatish uchun, standart o’lchamlardagi alyuminiy yoki kompozit materiallardan tayyorlanadi – bu samolyotning yukxonasi yoki yuqori palubalarida joylashtirish uchun juda qulay. Tashiladigan yukning joylashuvi va xususiyatiga qarab, konteynerlar turli shakllarda bo’lishi va o’rnatilgan iqlimiy nazorati bloklari bilan jihozlanishi mumkin.