Sayt test rejimida ishlamoqda

Biznes Charter

Biznes- charterni bron qilish – bu kerakli reysni kutish uchun qimmatli vaqtni yo’qotmasdan va parvozlar jadvalidan qat’iy nazar, o’z marshrutingizni yaratish va biznesingizni yanada yuqoriroq darajada boshqarishingiz uchun noyob imkoniyatdir.

Biznes-samolyotda parvoz qilish- biznesmenlar, yuqori lavozimli rahbarlar, shou-biznes vakillari va VIP-personalar uchun mutlaq maxfiylik bilan qulay va xavfsiz parvozlarni tashkil etish demakdir.

“Samarqand Airways” kompaniyasi Sizning ehtiyojlaringizga moslashtirilgan individual charter- reyslarni taklif etadi.

Bizning jamoamiz guruh bo’lib uchish reyslarini taqdim etadi va Sizda unutilmas taassurotlar qolishini ta’minlaydi!

Xususiy samolyotning qulayliklari va afzalliklari

  • Oliy darajadagi qulay sharoitlar va tanlash erkinligi;
  • mijozning xohishlari va talablariga ko’ra individual yondashuv;
  • Qisqa uchish-qo’nish yo’laklaridan uchish;
  • Parvozning kengaytirilgan geografiyasi;
  • Parvozning qisqartirilgan vaqti;
  • Yuklarni yo’qotib qo’yish ehtimolining yo’qligi.

 

Shunday qilib, biznes-aviatsiya zamonaviy biznesning ajralmas vositasiga aylandi.

Samolyot charteriga qo’shimcha ravishda, biz  shuningdek, biznes-parvozingiz uchun kerakli, keng ko’lamli xizmatlarni taqdim etamiz, jumladan:

  • Individual buyurtmalar;
  • Xavfsizlik;
  • Maxfiylik;
  • Tezkorlik;
  • Shaxsiy menejer;
  • Keytering;
  • Qo’shimcha transferlar;
  • CIP/VIP- terminallar.

Parvozlar narxining hisob-kitobi quyidagi omillardan kelib chiqadi:

 

  • Marshrut;
  • Masofa;
  • Havo kemasi turi;
  • Yo’lovchilar soni;
  • Ekipaj;
  • Sanalar, marshrutdagi kunlar soni;
  • Ovqatlanish;
  • Ko’ngilochar xizmatlar;
  • Sug’urta;
  • Mijozning maxsus talablari va istaklari.

Nega biz?

 

  • Biz uzoq vaqtdan beri zamonaviy biznes-aviatsiya sanoatida ishlaymiz va mijozlarimizga nima kerakligini bilamiz;
  • Biz ko’plab yirik aviakompaniyalar bilan ishlaymiz, shuning uchun Siz butun dunyo bo’ylab yuzlab aeroportlarga tezda yetib olishingiz mumkin (ba’zi hollarda, parvozlar bir necha soat ichida tashkil etilishi mumkin);
  • Biz sizning parvozingizning maxfiyligi, qulayligi va xavfsizligini kafolatlaymiz;
  • Biz eng oliy sifatli xizmatni taqdim etamiz.

Siz qanday maqsadlarda biznes-charterni tanlaysiz?

 

Biznes-parvozlar: jismoniy shaxslar, hamkorlar va mijozlar uchun reyslarni bron qilish;

Imkoniyati cheklangan shaxslarni tashish;

Oilaviy sayohatlar uchun maksimal qulay sharoitlar va xavfsizlikni ta’minlash;

Tantanali parvozlar uchun shaxsiy samolyotlarni bron qilish.

“Samarqand Airways”charter- reyslarini bron qilish orqali, Siz maksimal qulaylikka ega bo’lasiz, to’liq xavfsizlik  ta’minlanadi va o’z vaqtingizni samarali boshqara olasiz. Siz o’z biznesingizni bemalol davom ettirishingiz va parvozlarni kutish hamda chiptalarni bron qilish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin.