Sayt test rejimida ishlamoqda

Tibbiy Parvozlar

Tibbiy reyslar – og’ir kasalliklarga chalingan yoki jiddiy jarohatlangan bemorlarni tashishga mo’ljallangan maxsus reyslar. Ular maxsus jihozlangan samolyotlarda yoki vertolyotlarda amalga oshiriladi va tibbiy yordam hamda bemorlarni tibbiy muassasalarga yetkazishni ta’minlaydi. Tibbiy reyslar mamlakat hududida ham, xorijda ham tashkil etilishi mumkin. Ularning amalga oshirilishi sog’liqni saqlash tizimining muhim elementi bo’lib, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko’rsatish va hayotni saqlab qolish imkonini beradi.

Favqulodda vaziyat yoki krizis holati yuz berganida, «Samarqand Airways»  kompaniyasi shoshilinch tibbiy evakuatsiya uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan samolyotlarni taqdim etishga tayyor.

Tibbiy aviatsiya samolyotlari va oddiy yo’lovchilar floti o’rtasidagi asosiy farqlar: 

  • Tibbiy asbob-uskunalar;
  • Jonlantirish tadbirlarini o’tkazish uchun dori vositalari va asboblarning mavjudligi;
  • Bortdagi shifokorlar brigadasi;
  • 24/7 foydalana olish imkoniyati;
  • Hududning chekka nuqtalarigacha yetib borish imkoniyati.

Tibbiy aviatsiya xizmatlaridan qachon foydalanish kerak?

  • Agar, bemorning ahvoli, boshqa transport usullaridan foydalanish mumkin bo’lmas darajada og’ir bo’lsa;
  • Agar klinika ancha uzoq masofada joylashgan bo’lsa;
  • Bemor yotqizilgan shifoxonaga darhol mutaxassis-shifokorni chaqirishning imkoni bo’lmasa.

“Samarqand Airways” kompaniyasi tibbiy va reanimatsion nazorat ostida, bemorni eng yaxshi tibbiyot muassasalariga tez va xavfsiz yetkazishni ta’minlaydi!