Sayt test rejimida ishlamoqda

Tijorat xizmatlari ko’rsatish

Har kuni uchishga zarurati bo’lmagan xususiy samolyot egalari uchun, tijoratga asoslangan boshqaruv eng yaxshi yechimdir. Aviakompaniyalar va samolyotlar egalari bunday hamkorlikka intiladilar. Shu tarzda, ushbu jarayonda barcha tomonlar uchun foyda va afzalliklar paydo bo’ladi.

Biz professional biznes-jet boshqaruvi xizmatlarini taklif etamiz. Tijorat aviatsiyasi sohasidagi katta tajribamiz va noyob infratuzilmamiz tufayli, biz biznes-samolyotlar egalari uchun qulay boshqaruv va hamkorlik shartlarini taklif qilishga tayyormiz.

Коммерческое обслуживание

Bunda Siz qatorgina imtiyozlarga ega bo’lasiz:

 

  • Samolyotga muntazam va sifatli texnik xizmat ko’rsatilishiga ishonch;
  • Samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish yoki butunlay yo’qotish mumkin;
  • O’z samolyotlaringizdan istaganingizcha foydalanish imkoniyati;
  • Samolyotning doimo parvozga tayyor turishi;
  • Boshqa yo’lovchilar va tijorat tashkilotlarining biznes-jetni ekspluatatsiya qilishlaridan daromad olish;
  • Shaxsiy samolyotni boshqarish bilan bog’liq, mavjud bo’lgan barcha qaltis ishlarni aviakompaniyamiz zimmasiga yuklash;
  • Aviakompaniyaning, tijorat maqsadlarida foydalanish, rejalashtirish va muvofiqlashtirish, mijozlarni qidirish va ekipaj tanlash uchun javobgarligi;
  • haqqoniy va shaffof moliyaviy hisob-kitoblar;
  • Har bir mijozga moslashuvchan yondashuv.