Sayt test rejimida ishlamoqda

ANGAR

Respublikada ishbilarmonlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va badavlat fuqarolar soni muttasil ortib bormoqda va shu bilan birga mijozlarning shaxsiy ehtiyojlari, istaklari va talablaridan kelib chiqqan holda, biznes-aviatsiya xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Biznes- aviatsiya samolyotlari- juda murakkab va qimmatbaho uskunalar bo’lib, ular maxsus sharoitlarda saqlanishi lozim.

Aviatsion angarlar – bu havo kemasining boshlang’ich texnik xarakteristikalarini saqlab qolishga mo’ljallangan maxsus vazifali bino.

Biznes- aviatsiya angarlari – bu mamlakatning iqlimiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, biznes aviatsiyasi samolyotlarini saqlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan elita tipidagi aviatsiya angarlari.

 

Bunday angarlarning asosiy vazifasi- bu biznes samolyotlari uchun xavfsiz boshpana, tushirish va qo’nish vaqtida yo’lovchilar va ekipaj uchun qulay joy, samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatishda qulaylik, yordamchi qurilmalarning mavjudligi, shuningdek, ehtiyot qismlar va sarf qilinadigan materiallari ombori.

ANGAR

Hangar loyihalari

O‘zbekistonda, yaqin kelajakda biznes-aviatsiya xizmatlariga talab ortib borishi muqarrar ravishda, xizmat ko’rsatish infratuzilmasiga, shu jumladan biznes-klassdagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatish va saqlash uchun maxsus turdagi angarlarga bo‘lgan ehtiyojning oshishiga olib keladi.