Sayt test rejimida ishlamoqda

VIP-TURLAR

O‘zbekistondagi VIP-turlar (premium-turlar)- besh yulduzli qulaylikni, 100% individual yondashuvni, nozik ta’mli taomlarni va kechayu kunduz oliy sifatli xizmat ko’rsatishlarini yaxshi ko‘radiganlar uchundir.

O’zingiz uchun qadimgi Sharq tarixining eshiklarini oching, Iskandar Zulqarnayn tomonidan zabt etilgan yerlarni kashf eting. VIP- tur- qadimiy tarix, buyuk jahongirlar, qadimiy meʼmoriy obidalar va, albatta, mashhur mazali oʻzbek taomlarining haqiqiy bahosini biluvchilar uchun yaratilgan.

VIP-TURLAR

VIP-TURLARIMIZ HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

Aeroportda CIP/VIP xizmat korsatilishiga buyurtma berilganida ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati:

  • xizmat ko’rsatiluvchi shaxslarning avtotransport vositalarini terminal pandusiga kiritish;
  • Mijozni va uning yukini oldindan belgilangan vaqtda pandusda kutib olish;
  • Yuqori darajadagi qulaylikli kutish zali;
  • xizmat ko’rsatiluvchi shaxslarning avtotransport vositalarini terminal pandusiga kiritish;
  • Yo’lovchilarni havo kemasiga / havo kemasidan alohida transport vositalarida yetkazish;
  • Bagajni alohida transport vositalarida yetkazib berish;
  • Davriy nashrlar: gazeta, jurnal va boshqalardan foydalanish.

Turdan nimani kutish mumkin?

  • Eng yaxshi bosh oshpazlardan nafis ta’mli milliy va Yevropa taomlari;
  • Sizning so’rovingiz bo’yicha individual tanlanishi mumkin bo’lgan keng qamrovli ekskursiya dasturi;
  • Har gal sizga tajribali gid hamrohlik qiladi;
  • Sharq hunarmandlaridan noyob mahorat darslari;
  • Sharqning eng yaxshi bozorlari va savdo markazlarida eksklyuziv xaridlar;
  • aeroportda VIP/CIP xizmat ko’rsatilishi;
  • Premium toifadagi mehmonxonalar.

Premium turlar sayohat maqsadlariga qarab farqlanadi:

 

  • Ish yuzasidan safarga chiqish:Bunday holda, biz mamnuniyat bilan Sizga kerakli formatdagi biznes-turlarni taklif qilamiz, ularning tarkibiga eng yaxshi konferents- zallar, barcha zamonaviy texnologiyalar va jihozlar, to’liq jihozlangan ofislar kiradi;
  • Ishbilarmonlik turizmi:Bu mthnat va dam olishni birlashtirish, xizmat safari davomida maroqli hordiq chiqarish imkoniyatidir;
  • An’anaviy dam olish:
    Hashamatli  kvintessentsiyali hordiqdan bahramand bo’lishni xohlaysizmi? Biz, har qanday joyga, xoh u alpinism, tog’ va suv sayohatlari bo’lsin, xoh velosport, ajoyib sayohatlar, barcha diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish yoki yuqoridagilarning barchasi bo’lsin, VIP-turni tashkil qilishdan mamnun bo’lamiz.

Qanday yo’nalishlarni tanlasa bo’ladi?

  • Samarqand boʻylab VIP-tur (“Ochiq osmon ostidagi muzey”)
  • Toshkent bo’ylab VIP-tur (“Sharq yulduzi” yoki “Toshkent-qalbiy iliqlik shahri”)
  • O’zbekiston tog’lariga VIP-tur, “Amirsoy” tog’ kurorti (O’zbekistonning jahon miqyosidagi, barcha mavsumlarga tayyor tog’ kurorti).

Biz har qanday manzilga unutilmas sayohatni tashkil etishga yordam beramiz va sayohatingizning barcha sharoitlarini tayyorlashga g’amxo’rlik qilamiz. Bizning mutaxassislarimiz buni tez, samarali va sifatli bajaradilar!

Siz uchun barcha eshiklar va imkoniyatlar yo’li ochiq!