Sayt test rejimida ishlamoqda

HAVO YO'LLARI ORQALI YO’LOVCHI TASHISH

Har doim, cheklangan vaqtni tejash maqsadida, belgilangan shaharga imkon qadar tezroq yetib borish uchun, charter- samolyotni buyurtma qilish kerak bo’ladi. Bir necha soat ichida dunyoning narigi burchagiga borish juda muhim bo’lganida, rejalashtirilgan reyslar vaqt jihatidan to’g’ri kelmasligi, yoki undan ham noqulay jihati, bu samolyotlarda faqat peresadka orqali yetib borish mumkin bolsa-chi?
Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida, “Samarqand Airways” aviakompaniyasi Sizlarga charter- samolyotlarda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etadi.

Charter (charter- reys) – “Chart” so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, “kemani ijaraga olish” degan ma’noni bildiradi – bu odatiy jadvalga rioya qilmaydigan va mijozning iltimosiga binoan aviakompaniya tomonidan tashkil etiladigan parvoz. Asosiy mijozlar – bu samolyotni ijaraga olishi kerak bo’lgan sayyohlik kompaniyalari.

Charter- reyslaridan, yo‘lovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yilning istalgan vaqtida, istalgan yo‘nalishda, dunyoning istalgan nuqtasiga yetib borishda foydalanish mumkin. Bir guruh yo’lovchilar jalb qilingandan so’ng, parvoz tashkilotchisi aviakompaniyadan tegishli samolyotni ijaraga oladi va belgilangan yo’nalish bo’yicha yo’lovchi tashishni tashkil qiladi. Bu parvozlarda, katta yo‘lovchi tashish samolyotlaridan (katta guruhlar uchun) ham, juda kichik yo‘lovchi tashish samolyotlaridan ham foydalanish mumkin.

HAVO YO'LLARI ORQALI YO’LOVCHI TASHISH

Pass pline

Charter- reyslardan foydalanish qulayroqmi?
Albatta, agar shahardan Siz tanlagan manzilga to’g’ridan-to’g’ri muntazam qatnaydigan reys bo’lmasa va charter- reysdan foydalanish xizmatini taklif etishayotgan bo’lsa, charter- reys orqali peresadkasiz parvoz qilish qulayroqdir.

 

Charter- reyslarning qanday turlari bor?

  • Split – peresadkali reys bo’lib, bunda yo‘lning bir qismini oddiy reysda, bir qismini esa, maxsus ijaraga olingan samolyotda amalga oshiriladi.
  • Shattl – bir guruh sayyohlarni olib borib, bo‘sh qaytmaslik uchun, o’sha zahotiyoq boshqasini olib qaytadigan samolyot.
  • Taym- charter – Sizni sayohatga olib uchadigan, Sizni angarda kutadigan, keyin esa uyingizga qaytarib olib keladigan samolyot.
  • Bir martalik charter – bu faqat bitta yo’nalishdagi parvoz: masalan, samolyot odamlarni manziliga yetkazadi va darhol ortiga qaytadi.

 

Yo’lovchilarni charter orqali havo tashishning afzalliklari:

  1. yo‘lovchilar uchun yakka tartibda charter tuziladi va samolyotlar, muntazam reyslar umuman mavjud bo‘lmagan joylarga uchadi;
  2. bunda sezilarli miqdorda pul tejaladi: charter reyslarning narxi arzonroq tushadi;
  3. charter- reyslar yo‘lovchilarning shaxsiy ehtiyojlariga qarab tashkil etiladi, shuning uchun ular o‘z xohishlariga ko‘ra, reysni buyurtirishlari mumkin. Bu narsani muntazam reyslar taklif qila olmaydi;
  4. charterdan foydalanib, Siz o’zingizga kerakli bo’lgan darajaga xizmat ko’rsata oladigan turoperatorni tanlay olasiz.

Umuman olganda, havo kemasida yo‘lovchi tashish turi, bu nafaqat transportirovka turi, balki jahon iqtisodiyoti va butun jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismidir.

Bizning mutaxassislarimiz Siz bilan bog’lanib, biznes aviatsiyasi masalalari bo’yicha maslahatlar beradilar.