O'ZBEKISTONNING ICHKI TURIZMI
Sizning nigohingizda Yangi O’zbekiston ochiladi!
Noyob me’morchilik obidalari va o’z qadimiy an’analarga ega ajoyib mamlakatga xush kelibsiz!
O’zbekiston- Sharq ertaklaridagi afsonalar ro’yobga chiqadigan serquyosh o’lka, bu yurtning go’zal qalbli insonlari o’z sehrli rivoyatlarini SIZ bilan bajonidil baham ko’radilar!
Oʻzbekiston Respublikasi- Markaziy Osiyoning yuragi boʻlib, u oʻzining koʻplab meʼmoriy yodgorliklari, tabiiy manzaralari, mahobatli qadimiy saroylari, oʻtmish madaniyati qalʼalarining xarobalari, nozik ta’mli taomlari va mashhur hunarmandchilik ustaxonalari bilan mashhur. Bizning sharif shaharlarimiz, ularga tashrif buyurishga qaror qilgan hech bir kimsani befarq qoldirmaydi!
O'ZBEKISTONNING ICHKI TURIZMI
Toshkent yosh va mustaqil davlatning poytaxti, mintaqaning eng yirik shaharidir. Bundan tashqari, u Oʻzbekistonning siyosiy, biznes, ilmiy va madaniy markazi hisoblanadi. Toshkentning yoshi 2000 yildan oshgan. Uning nomi asrlar davomida ko’p marta o’zgargan: Choch, Shosh, Binket. Bu soʻzlarning barchasi turkiy “Tosh” (tosh) soʻzidan kelib chiqqan, keyinshalik o’zgarib, Toshkent nomini olgan(“tosh turar-joy” maʼnosini bildiradi). Darhaqiqat, shahar xuddi shunday nomdagi joyda paydo bo’lgan, tog’ yo’llari chorrahasida joylashgan hamda Sharq va G’arb o’rtasidagi savdo-sotiqda muhim rol o’ynagan. Oʻsha davrlarda, Toshkent koʻchmanchi qabilalarning hujumlarini qaytaruvchi qalʼa bo’lgan. Harqalay, Toshkent hamma davrlarda ham, muhim xalqaro transport markazi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Arxeologik qazishmalar shuni ko’rsatadiki, o’sha davrlardagi Toshkent- Sharqning rivojlanayotgan savdo va madaniy markazi sifatida mavjud bo’lgan ko’hna shaharning bir qismi bo’lgan. Afsuski, 1917 yilgi inqilobdan so‘ng, ko‘plab tarixiy obidalar vayron qilib tashlangan.
Noyob tarixiy obidalari, shu jumladan, XVI asrda qurilgan Ko‘kaldosh madrasasi va Barakxon madrasasi bugungi kungacha saqlanib qolgan. 1966 yilda, Toshkentda kuchli zilzila sodir bo‘lgan va shaharning yarmi vayronaga aylangan. Tom ma’noda bir yil o’tgach, Toshkent qayta qurilgan va shahar yangicha chiroy ochgan!
Bugungi Toshkent- jahonning ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Opera va balet akademik teatri arxitekturasi va ichki bezaklari bilan betakrordir. Teatrga tutash bo’lgan teatr maydonida qoyilmaqom favvora qurilgan, bu joy toshkentliklar va poytaxt mehmonlarining sevimli dam olish maskanidir.
Toshkentda 20 dan ortiq muzeylar, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylardan biri boʻlgan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat muzeyi qurilgan. Marmar, granit va sopol koshinlar bilan qoplangan Toshkent metropoliteni Respublika mehmonlari xotirasida o‘chmas taassurotlar qoldiradi. Sharqona uslubda bezatilgan Toshkent metropoliteni dunyodagi eng go‘zal metropolitenlardan biri sifatida munosib e’tirof etilgan.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston davlati poytaxti tubdan o‘zgardi: shahar maydonlari va bog‘larini bezatish uchun ko‘plab go‘zal favvoralar barpo etildi, yangi binolar milliy uslubda bezatildi, xalqaro aeroportlar va vokzallar yo‘lovchilarga yerda ham, osmonda ham yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, rekonstruksiya qilindi.
Toshkentda tomosha qilishingiz mumkin bo’lgan maskanlar:
- Mustaqillik maydoni;
- Mustaqillik monumenti;
- Opera va balet akademik teatri;
- Toshkentdagi yapon bog‘i;
- Zangi-Ota masjidi;
- Koʻkaldosh madrasasi;
- Amir Temur yodgorligi;
- Motamsaro ona yodgorligi;
- Toshkent teleminorasi;
- Katolik cherkovi
Samarqand- Rim, Afina va Bobil bilan teng keladigan, dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, Oʻzbekistonning ham, butun Markaziy Osiyoning ham eng mashhur sayyohlik markazidir. Samarqand m.a. I asr oʻrtalarida shakllangan, dastlab- Marokanda, keyinchalik Afrosiyob deb atalgan. Uning gullagan davri, aynan Samarqandda tug’ilgan Buyuk Temurning (Amir Temur) hukmronligi davriga to’g’ri kelgan. Sohibqiron (Amir Temur unvoni) Samarqandni, Hind daryosidan Bosfor boʻgʻozigacha boʻlgan oʻzining buyuk imperiyasi poytaxtiga aylantirgan.
Registon maydoni ko‘p yillar davomida Samarqandning markazi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Tarixdan ma’lumki, ko’p asrlar ilgari birinchi madrasa qurilgan maydonni kichik daryo kesib o’tgan. Yillar o’tib, daryo qurigan va maydon faqat qumlik joy bo’lib qolgan. Birinchi madrasa XV asrda, aynan oʻsha yerda qurilgan boʻlib, maydonning “Registon” (“Qumli joy) deb nom olishiga sabab bo’lgan. Oʻshandan beri, barcha bayramlar, festivallar va yakshanba bozorlari faqat shu joyda oʻtkazilgan.
Samarqandda tomosha qilishingiz mumkin bo’lgan maskanlar:
- Shohi-Zinda maqbarasi;
- Go’ri-Amir maqbarasi;
- Juma masjidi (Juma namozlari o’qiladigan masjid);
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi;
- Registon maydoni;
- Doniyor payg‘ambar maqbarasi;
- Oqsaroy saroyi (Oq saroy).
Buxoro O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, tabarruk tepalikda joylashgan. Buxoro miloddan avvalgi V asrdan boshlab, har gal aynan bir joyda yaratilgan va rivojlangan shaharlardan biri bo’lib, bunday shaharlar soni juda kam. Hatto, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ham Buxoro tilga olingan. Buxoroning nomi- sanskritda “ibodatxona” degan maʼnoni anglatuvchi “vihara” soʻzidan olingan. U, Markaziy Osiyoda noyob tarixiy muhitini saqlab qolgan yagona shahardir. Buxoro – shahar-muzey hisoblanadi: turli asrlarda qurilgan, olamshumul ahamiyatiga molik 140 dan ortiq meʼmoriy yodgorliklar, bugungi kungacha ham saqlanib qolgan. Uning qadimiy devorlari XXV asrlik xotiralarini yodda saqlaydi.
Buxoro yana qaytadan tiklandi, shahar- unumdor vohaga, Buyuk Ipak yo‘lidagi ilmiy-madaniy markazga aylandi. XV-XVI asrlarda qurilgan savdo gumbazlari, masalan: Toqi-Sarrofon (ayriboshlash shoxobchalari gumbazlari), Toqi-Telpak-Furo’shon (bosh kiyimlari sotish gumbazlari), Toqi-Zargaron (zargarlik buyumlari timlari); gumbazlarning bunday joylashuvi, shahar joylashgan zaminiining yaxshi ko’rsatkichidir, chunki u, karvon yo’llari chorrahasida turibdi.
Ko’pgina olimlar, faylasuflar buxorolik bo’lishgan. Buyuk shayx Bahouddin Naqshband ham Buxoroda yashagan. Bu zot- so’fiylik falsafasi, dini va islom rivojida markaziy shaxs bo’lgan.
Buxoro markazining asosiy qismi “meʼmoriy hudud” deb ataladi, sobiq madrasa binolari shu yerda joylashgan, jumladan: Chor-Minor madrasasi va Ark qalʼasi, Ulugʻbek madrasasi va Koʻkaldosh madrasasi. Tor va sersoya ko‘chalar bo‘ylab yurib, har bir sayyoh, balandligi 47 metrga yetadigan, o‘zining ajoyib muhandislik konstruksiyasiga ega Kalon minorasi joylashgan Poyi-Kalon maydoniga yetib borishi mumkin.
Ajoyib joylari, masjidlari, maqbaralari va minoralari- o’z jozibadorligi, tarixi va ulug‘vorligi bilan unutilmas taassurotlar qoldirishi shubhasiz, bir necha ming yilliklardan iborat tarixi va osori-atiqalariga ega qadimiy shahar hech kimni befarq qoldirmaydi.
Buxoroda ko’rishingiz mumkin bo’lgan maskanlar:
- Varaxsha saroyi;
- Magoki-Attoriy masjidi;
- Modarixon madrasasi;
- Koʻkaldosh madrasasi;
- Ismoil Somoniy maqbarasi;
- Minorai Kalon;
- Ulug‘bek madrasasi;
- Baland masjidi;
- Miri-Arab madrasasi;
- Chor-Minor madrasasi.
Xiva bizga ertakdagi shahardek tuyuladi. XVII asrda Xivaning markazi Xanat boʻlgan, u oʻrta asrlarga xos, vaqt yo’qota olmagan jozibadorligini saqlab qolgan.
Xiva, Nuh alayhissalomning o‘g‘li Shem bu yerlardan boylik topgan paytlarda shakllangan, degan rivoyat bor. Odamlar bu joyni Xivok deb atay boshladilar va u bora-bora, Xivaga aylantirilgan.
Xorazm vohasining durdonasi- Xiva, o‘zining go‘zalligi bilan barchani hayratga soladi. O’tmishga butunlay sho’ng’ib ketgan, mustahkam devorlar bilan o’ralgan tor ko’chalar maskani – bu Xiva. Bu yerda Siz, o’tgan asrlarning tovushlarini eshitgandek bo’lasiz: savdogarlarning baqir-chaqirlari, xaridorlarning muzokaralari, hunarmandchilik do’konlarining shovqini, azon aytib shom namoziga chaqirishlar va hokazo.
Siz Xivada ko’rishingiz mumkin bo’lgan joylar:
- Ichan-Qal’a;
- Juma masjidi;
- Islomxo‘ja minorasi;
- Kalta Minor minorasi;
- Sherg‘ozixon madrasasi;
- Muhammad Amin Xon madrasasi;
- Muhammad Rahimxon saroyi.
Zomin tumani Oʻzbekistonning Jizzax viloyati togʻli hududida joylashgan boʻlib, uning markazi Zomin shahridir.
Tabiatning maftunkor go‘zalligi, ignabarg daraxtli o‘rmonlar, tog‘larning ulug‘vorligi, tog‘ gullari va o‘tlarining xushbo‘y hidiga to‘la sof havo- bu yerlarga chinakam joziba baxsh etadi.